Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda yilning eng chiroyli kontsept-kari tanlandi
Parijdagi 32-Xalqaro avtomobil festivalida 2016 yilning eng chiroyli kontsept-kari tanlandi. Bunday sharafga shu kabi anjumanlarda Jaguar I-Pace, Aston Martin RB001 va DS E-Tense kabi prototiplar bilan bir qatorga qo‘yiladigan Renault Trezor munosib topildi.
Trezor prototipi o‘tgan yilning kuz oyida bo‘lib o‘tgan Parij avtosalonida namoyish qilingan edi. Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri avtomobil ichiga kirishning noodatiy ekanligidir. Buning uchun, karbonli tomni ko‘tarish lozim bo‘ladi. Bu esa, kuzovning deyarli ust qismidir.
Avtomobilga Formula Ye chempionatlarida ishtirok etuvchi Renault e Dams jamoasi bolidlarining 350 ot kuchiga ega elektrodvigateli o‘rnatiladi. Mashina 4 soniyada «yuz»ga chiqa oladi.

Bundan tashqari, kontsept uchun muqobil boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan. Rul chambaragi poyga mashinalari rullarining shakliga ega. Gorilla Glass shisha qoplamali OLED-ekranlar hamda kinetik energiyani rekuperatsiya (elektr tokiga aylantiruvchi) qiluvchi tizim ham yoddan ko‘tarilmagan.









Mavzuga oid
14:52 / 19.02.2026
Parijdagi so‘l partiya ofisi portlash tahdididan so‘ng evakuatsiya qilindi
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
13:41 / 03.09.2025