Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Vengriyaga tashrif bilan bordi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriyaga rasmiy tashrif uyushtirdi. TASS xabariga ko‘ra, Rossiya rahbari Budapeshtda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashib, tor va keng doiralarda muzokaralar o‘tkazadi.
Ushbu siyosatchilar Ukraina va Suriyadagi vaziyatni ham muhokama etishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy sohadagi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, madaniy aloqalarni kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqishadi.
Budapeshtga safar davomida Rossiya prezidentiga Savdo-sanoat vaziri Denis Manturov, Energetika vaziri Aleksandr Novak, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov, «Vneshekonombank» rahbari Sergey Gorkov va «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachev hamrohlik qilmoqda.
Mavzuga oid
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
12:52 / 06.03.2026
Zelenskiy Orbanning manzilini Ukraina qurolli kuchlariga berish bilan tahdid qildi
17:38 / 13.03.2017
Vengriya parlamenti birinchi turda prezidentni saylay olmadi
15:56 / 01.02.2017