Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar «Yevroittifoqdagi bir kişi» Kiyevga Yevropa yordamini tösişda davom etsa, uning manzilini Ukraina qurolli kuçlariga berişi haqida aytdi. Zelenskiy nutqining videosi 5 mart, payşanba kuni Telegram’da joylandi.

Zelenskiy Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning ismini töğridan töğri tilga olmadi. Uning ismi agentlikning kiriş qismida keltirilgan. «Yevroittifoqdagi bir kişi 90 milliardni yoki 90 milliardning birinçi tranşini tösmaydi, deb umid qilamiz, şunda ukrain harbiylarida qurol böladi. Aks holda — bu odamning manzilini qurolli kuçlarimizga beramiz, ular unga qönğiroq qilib, u bilan öz tilida gaplaşsin», — deydi Ukraina yetakçisi. «Biz bu pullarga muqobil yöqligini tuşunyapmiz», — deya qöşimça qiladi u.

Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina Bryussel kutayotgan texnik yeçimlar tayyor böladigan sanani Yevropa Ittifoqiga allaqaçon aytgan. Bu masala 19 mart kuni bölib ötadigan Yevropa kengaşi yiğilişida körib çiqilişi kerak. Agentlik yozişiça, Kiyev ijobiy qarorga umid qilmoqda.

Vengriya 20 fevraldan buyon Ukraina uçun Yevropa Ittifoqi yordamini tösib kelmoqda. Gap 90 milliard yevro miqdoridagi kredit haqida ketmoqda, şundan 60 milliard yevrosi bevosita Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari uçun möljallangan. Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadefulning aytişiça, bu kreditga nafaqat Kiyevning mudofaa qobiliyati, balki Yevropadagi tinçlik ham boğliq.

Vengriya öz vetosini şunday izohlamoqda: Ukraina hududi orqali ötadigan “Drujba” neft quvuriga Rossiya zarbasidan keyin u endi Rossiya neftini olmayapti, çunki Kiyev göyoki ta’mirlaş işlarini amalga oşirmayapti. Volodimir Zelenskiy ötgan hafta Budapeşt tanqidiga javoban, Rossiya neftining Yevropa bozorida örni yöqligini aytgan edi.

Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyartoning sözlariga köra, Budapeşt «Vengriyaga “Drujba” quvuri orqali neft tranziti qayta tiklanmagunça» öz pozitsiyasini özgartirmaydi.