Vengriya boş vaziri Viktor Orban Yevropa moliyaviy yordamini Ukrainaga ajratilişini Kiyev Rossiya neftini uning mamlakatiga yetkazib beriş uçun xizmat qiluvçi “Drujba” neft quvurining işini tiklamaguniça tösib turadi. Bu haqda Orban 6 mart, juma kuni, Vengriyaning Kossuth radiosi efirida ma’lum qildi.
Uning aytişiça, “Drujba” neft quvurining töxtab qolişi texnik muammolar bilan boğliq emas, balki göyoki Kiyevning “siyosiy qarori”ga asoslangan. Orban, şuningdek, neft quvuri orqali neft yetkazib beriş qayta yölga qöyilgan taqdirda ham Ukrainaga yordam böyiça vetosini bekor qilişga kafolat bermadi.
“Biz Ukrainaning Rossiya arzon energiyasidan voz keçiş talabini bajarmaymiz”, — dedi Orban. U, şuningdek, Vengriya Yevropa Ittifoqining Rossiya energiya taşuvçilari yetkazib berişga embargo joriy qiliş töğrisidagi qarorini bajarmasligini aytdi. Siyosatçi sözlariga köra, Vengriya öz manfaatlarini himoya qiliş uçun “barça vositalardan” foydalanişga tayyor.
“Biz Ukrainaga benzin yetkazib berişni töxtatdik, dizel yonilğisini ham yetkazib bermayapmiz, ammo elektr energiyasini yetkazib berişda davom etyapmiz. Şuningdek, Ukraina uçun muhim bölgan tovarlarni Vengriya orqali tranzit qilişni ham Ukrainadan neft yetkazib berişga ruxsat olmagunça töxtatamiz”, — dedi Orban.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya nefti Vengriya va Slovakiyaga taşiladigan “Drujba” neft quvuri işi qayta tiklanguniga qadar yana bir neça hafta ötişi mumkinligini aytgan edi. Şu bilan birga, u şaxsan özi quvurni tiklaşni ma’qul körmasligini ham anglatib ötdi.
Quvur şikastlanganiga qaramay, ayni paytda Vengriya va Slovakiyaning neft ta’minoti xavf ostida emas. Yevrokomissiya ma’lumotiga köra, har ikki mamlakatda taxminan uç oyga yetadigan neft zaxirasi mavjud. Şuningdek, Xorvatiya foydalanadigan Adriatika neft quvuri orqali muqobil yetkazib beriş ham mumkin, ammo bu Rossiya neftiga nisbatan qimmatroqqa tuşadi. Eron bilan uruş esa neft narxining yanada oşişiga qöşimça omil bölmoqda.
Bundan bir kun oldin Vengriya boş vaziri Rossiya neftini “Drujba” orqali yetkazib berişni kuç işlatib qayta tiklaş bilan tahdid qildi. U, şuningdek, Kiyevdagi hukumat yiğilişida aytilgan bayonotlar sabab Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni öziga tahdid qilganlikda aybladi.
Jumladan, Zelenskiy “Yevropa Ittifoqidagi bir odam 90 milliard yevroni tösib qöymasligiga va ukrain jangçilari qurol olişiga” umid bildirgan edi. Ukraina prezidenti ta’kidlaganidek, “aks holda, biz öşa odamning manzilini yigitlarimizga beramiz, ular unga qönğiroq qilib, u bilan öz tilida gaplaşadi”.













