Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Avstraliya bosh vaziri bilan suhbatini salbiy baholadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotini xorijiy davlatlar yetakchilari bilan o‘tkazgan suhbatlarining ichida eng yomoni deb baholadi. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.
Dastlab, suhbat 1 soat davom etishi rejalashtirilgan edi. Ammo, Amerika yetakchisi 25-daqiqada go‘shakni qo‘ygan. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Ternbullning Amerika majburiyatini eslatganidan jahli chiqqan. Bosh vazir Avstraliyadagi qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha Obama ma'muriyati bergan va'dani yodga olgan.
Keyinroq, Tramp o‘z noroziligini Twitter sahifasida ham ma'lum qildi. «Siz ishona olasizmi? Obama ma'muriyati Avstraliyadan minglab noqonuniy muhojirlarni qabul qilishga rozi bo‘lgan. Nega? Men bu la'nati bitimni o‘rganib chiqaman!» — deb yozgan Tramp.
Avstraliya bosh vaziri, aksincha, suhbatni «ochiq» bo‘lganini ta'kidlab, ayrim holatlar uni lol qoldirganini qayd etdi, deya xabar qiladi BBC News. Ternbullning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bitim bo‘yicha ish davom ettirilishiga uni ishontirgan.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026