Jahon | 17:08 / 02.02.2017
5514
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati Fathulloh Gulenning qarindoshini qamoqqa tashladi

Turkiyaning Manisa viloyati sudi Fathulloh Gulenning qarindoshlaridan birini terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda aybladi va uni hibsga olishga qaror chiqardi. Bu haqda İhlas Haber Ajansı xabar bergan.

Gulenning singlisining o‘g‘li (M.A.S.) 6 yanvar kuni Manisa viloyatining Turg‘utlu shahrida yana 3 nafar gumonlanuvchi bilan birga qo‘lga olingandi. Qo‘lga olish ishlari Gulenning FeTO tashkiloti faoliyatini tekshirish doirasida amalga oshirilgandi. Bu tashkilot Turkiyadagi 2016 yilning 16 iyuli voqealari tashabbuskori sifatida ayblangan.

Suddagi ko‘rsatmalaridan keiyn gumonlanuvchilar "terrorchilik tashkilotiga aloqadorlik"da, Gulenning qarindoshi esa Turkiya prezidentini haqoratlashda ham ayblandi. Ularning barchasi qamoqqa tashlandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid