Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib 134 kishi qo‘lga olindi
Istanbul va Anqarada o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida qo‘lga olinganlar orasida talabalar ham borligi aytilmoqda.
Turkiyada politsiya tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida Fathulloh Gulenning FETO tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib 134 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, operatsiya Istanbul va Anqarada o‘tkazilgan. Qo‘lga olinganlar orasida talabalar ham bor, deyiladi xabarda.
Gumonlanuvchilardan «ko‘p miqdorda tashkiliy va raqamli hujjatlar» musodara qilingan. Uch nafar gumonlanuvchi qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Fathulloh Gulen – turk jamoat arbobi, yozuvchi va sobiq imom. O‘z chiqishlarida u xayriya va konfessiyalararo muloqotga urg‘u berib, islomning mo‘'tadil shaklini targ‘ib qiladi. 1999 yildan boshlab, AQShda ixtiyoriy surgunda yashab kelmoqda. 1970-yillarda Gulen g‘oyalari atrofida «Xizmat» harakati paydo bo‘lgan. Harakat dunyoning ko‘plab mamlakatlarida maktab va shifoxonalar ochadi.
Turkiyada gulenchilar avvaliga Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlashgan. Biroq 2012 yilga kelib, ularning munosabatlari keskinlashdi. «Xizmat» Turkiyada terroristik tashkilot deb e'lon qilindi. Turkiya rasmiylari Gulenni 2016 yildagi harbiy to‘ntarish va Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblagan.
Avvalroq Fathulloh Gulen 16 noyabr kuni AQShda zaharlangani haqida xabar tarqalgandi. Ammo uning tarafdorlari va politsiya bu xabarni rad etdi.
Mavzuga oid
15:55
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026