Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku YeChL finali mezbonligi uchun da'vogar
Boku va Madrid shaharlari Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumi finalini qabul qilish uchun da'vogar shaharlar bo‘lib turibdi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar bergan.
Ozarboyjon poytaxti Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilsa, uchrashuv "Olimpiya stadioni"da o‘tkaziladi. Madrid esa "Atletiko" stadionini mezbonlik uchun ko‘rsatadi.
2019 yilgi Yevropa Ligasi finalini o‘tkazish uchun esa Boku, Frankfurt, Shtutgart, Tbilisi, Sevilya, Istanbul va Glazgo shaharlari da'vogar.
Chempionlar ligasining ayollar o‘rtasidagi turnirida 2018/19 yilgi finalni o‘tkazishni Budapesht, Madrid, Ostona, Kaunas (Litva), Praga va Glazgo shaharlari istamoqda.
2019 yilgi UYeFA Superkubogi uchrashuvini o‘zida qabul qilish istagini Tirana, Budapesht, Xayfa (Isroil), Ostona, Varshava, Gdansk (Polsha), Belfast (Irlandiya), Istanbul, Tuluza va Glazgo shaharlari bildirgan.
2019 yilgi yevrokuboklar finallari mezbonlarini aniqlash jarayoniga 2016 yilning 9 dekabrida start berilgandi. Murojaatlar va arizalar shu yilning 6 iyuniga qadar qabul qilinadi. Sentyabr oyida UYeFA Ijroiya qo‘mitasi mezbonlar nomini ma'lum qiladi.
Mavzuga oid
18:11 / 22.03.2026
Bokuda XV asrga oid “Buxoro karvonsaroyi” restavratsiyadan so‘ng ochildi
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
13:41 / 17.03.2026
Bokuda fransiyalik shaxs josuslik aybi bilan 10 yilga hukm qilindi
16:22 / 27.02.2026