Boku va Madrid şaharlari Çempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumi finalini qabul qiliş uçun da'vogar şaharlar bölib turibdi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar bergan.

Ozarboyjon poytaxti Çempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilsa, uçraşuv "Olimpiya stadioni"da ötkaziladi. Madrid esa "Atletiko" stadionini mezbonlik uçun körsatadi.

2019 yilgi Yevropa Ligasi finalini ötkaziş uçun esa Boku, Frankfurt, Ştutgart, Tbilisi, Sevilya, Istanbul va Glazgo şaharlari da'vogar.

Çempionlar ligasining ayollar örtasidagi turnirida 2018/19 yilgi finalni ötkazişni Budapeşt, Madrid, Ostona, Kaunas (Litva), Praga va Glazgo şaharlari istamoqda.

2019 yilgi UYeFA Superkubogi uçraşuvini özida qabul qiliş istagini Tirana, Budapeşt, Xayfa (Isroil), Ostona, Varşava, Gdansk (Polşa), Belfast (Irlandiya), Istanbul, Tuluza va Glazgo şaharlari bildirgan.

2019 yilgi yevrokuboklar finallari mezbonlarini aniqlaş jarayoniga 2016 yilning 9 dekabrida start berilgandi. Murojaatlar va arizalar şu yilning 6 iyuniga qadar qabul qilinadi. Sentyabr oyida UYeFA Ijroiya qömitasi mezbonlar nomini ma'lum qiladi.