Jamiyat | 15:31 / 03.02.2017
3126
2 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada prezident Evo Morales sharafiga muzey ochildi

Foto: Reuters

Boliviyada mamlakat prezidenti Evo Morales sharafiga muzey ochildi, deb xabar berdi Reuters. Ko‘rgazma majmuasi qiymati 7 million dollar atrofida ekani aytildi

Davlat rahbari muzeyni qurish haqida 2006 yilda Boliviyadagi prezidentlik saylovida mamlakat tub aholisining ilk vakili sifatida g‘alaba qozonganidan so‘ng topshiriq bergan. Yangi majmua Moralesga taqdim etilgan yuzlab sovg‘alar, shuningdek turli fotosuratlar, videoyozuvlar va arxeologik eksponatlarni saqlashga mo‘ljallangan. 

«Bu shahar meni ulg‘aytirgan, bu shahar men haqimda qayg‘urgan, men aytmoqchiman «Rahmat, biz ishlashda davom etamiz», - deya ma'lum qildi Orinokada tavallud topgan Morales muzeyning ochilish marosimida. 

Demokratik va madaniy inqilob muzeyi Boliviya tarixidan hikoya qiladi, unda shuningdek amaldagi prezident haqida alohida eslab o‘tilgan. Majmua jiddiy tanqidga sabab bo‘ldi, keng jamoatchilik uni mablag‘larni havoga sovurish deb atagan. Shuningdek ta'kidlanishicha, muzey turistlarni uzoq yerda joylashgani uchun o‘ziga jalb eta olmaydi.

Avvalroq Morales Boliviya prezidenti saylovlarida yana bir bor ishtirok etishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid