Sport | 00:10 / 03.02.2017
7458
1 daqiqa o‘qiladi

Runi Mourino bilan ziddiyat tufayli «MYu»ni tark etishi mumkin

Manchester Evening News nashri yozishicha, «Manchester Yunayted» jamoasi sardori Ueyn Runi klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi va «qizil iblislar» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtasida ixtilof yuzaga kelgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, hozirda futbolchida Xitoy va AQSh chempionatlaridan takliflar bor. Xususan, «Pekin Goan» klubi Runiga yiliga 32 mln yevro miqdorida maosh to‘lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi «Yunayted» safida 2004 yildan buyon o‘ynaydi. Joriy mavsumda ushbu 31 yoshli futbolchi barcha turnirlar doirasida 29 uchrashuvda maydonga tushdi va 5 gol urib, 12 golga uzatma berdi.

Transfermarkt.de portalida Runining transfer bahosi 30 mln yevro etib ko‘rsatilgan, uning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha.

Mavzuga oid