Light | 18:50 / 03.02.2017
6646
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: o‘quvchi uy shippagida darsni yaxshi o‘zlashtiradi

Britaniyalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uy shippagida birmuncha xotirjam bo‘lishadi va diqqatini ko‘proq o‘quv jarayoniga qaratishadi. 

Buyuk Britaniyaning Derbi boshlang‘ich maktabi o‘quvchilari darsda uy shippagida o‘tirishadi. Pedagoglardan biri xuddi shunday poyabzalda o‘tirgan o‘quvchilar yaxshiroq o‘zlashtirishi va yuqori baholar olishi xususida tadqiqotdan xabar topgach, shippak maktabda joriy qilindi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda. 

Derbi shahridagi Findern primary school o‘quvchilari tajriba sifatida mashg‘ulotlarda uy shippagida qatnashishadi. Bu g‘oyani Bornmut universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasini o‘rgangan pedagog taklif qilgan. 

Ehtimol, Findern primary school boshlang‘ich ta'lim muassasasida ushbu norasmiy oyoq kiyimi doimiy asosda joriy etilar, chunki ko‘plab o‘qituvchilar yangilikning foydali jihatlarini seza boshlagan.

“Biz bolalarning ancha xotirjam, tinch bo‘lib qolganini sezdik. Bu ularga yoqmoqda. Bundan tashqari, yo‘laklarda ham shovqin kam. Hatto, xodimlarning o‘zlari ham mashg‘ulotlarda shippakda yurishmoqda”, — deya hikoya qilgan maktab direktori o‘rinbosari Mishel Xoll.

Boshlang‘ich maktabda shippakda yurishni joriy qilishga asos bo‘lgan tadqiqot Bornmut universiteti olimlari tomonidan dunyoning 25 mamlakatidagi maktab o‘quvchilari orasida o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, uy poyabzalidagi bolalar o‘quv mashg‘ulotlariga ko‘proq e'tibor qaratishadi va yaxshi baholar olishadi. Bundan tashqari, tadqiqot mualliflariga ko‘ra, bu yana pollarni ta'mirlash uchun xarajatlarni qisqartirish imkonini ham beradi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid