Jamiyat | 20:06 / 03.02.2017
33702
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida daraxt bir necha avtomobil ustiga quladi

Foto: «Voditeli Tashkenta»/Facebook/Telegram

Bugun Toshkent shahrida kun bo‘yi yoqqan qor poytaxt haydovchilari uchun jiddiy noqulayliklar keltirib chiqardi. Biroq qulab tushgan bir necha daraxt ham o‘ziga yarasha jiddiy tashvishga sabab bo‘ldi. Bunday hodisalar ro‘y bergan joylardan olingan fotosuratlar Facebook va Telegram tarmog‘ida taqdim etildi.

Toshkent shahridagi Koreya elchixonasi yonida katta daraxtning qulashi oqibatida bir necha avtomobilga zarar yetgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu payt mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Shuningdek, Furqat nomidagi bog‘ yonida va Abay ko‘chasi bo‘ylab Qozog‘iston elchixonasiga yetmay turib daraxtlar yo‘lning qatnov qismiga qulagan. Bu holatlarda avtomobillarga zarar yetmagan, daraxtlar esa yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘ygan, xolos.

Ma'lumot uchun, Respublika Gidrometeorologiya markazi kuni kecha havo haroratining pasayishi, yog‘ingarchilik va shamolning kuchayishi haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid