Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning rejalari Meksikaning asosiy daromad manbaiga zarba beradi
Xorijda mehnat qiluvchi meksikaliklar 2016 yilda mamlakatga 27 milliard dollar jo‘natgan. Bu ma'lumot Associated Press agentligi tomonidan keltirilgan.
Manbaning yozishicha, Meksika markaziy banki hisobotida muhojirlarning pul o‘tkazmalari asosan AQShdan kelishi qayd etilgan. Bir yilda bu miqdor 8,8 foizga, 24,78 milliard dollardan 26,97 milliard dollarga o‘sgandi.
Xabar qilinishicha, Meksika fuqarolari xorijdan jo‘natadigan mablag‘ mamlakatning avtomobil eksportidan keyingi ikkinchi asosiy daromad manbai hisoblanadi. Avtomobil eksporti 2016 yilda 34 milliard dollar keltirgan, neft eksportidan, 15,6 milliard dollar, turizmdan 17,5 milliard dollar foyda ko‘rilgan.
Shu tariqa, AQShning yangi prezidenti Donald Trampning muhojirlik siyosatini qat'iylashtirishi, Meksika bilan o‘rtada devor qurish rejasi, meksikaliklarning mahsulotlariga boj o‘rnatishi bu davlatning asosiy daromad manbalariga jiddiy zarba beradi.
Mavzuga oid
17:59 / 10.06.2026
Meksika 8600 dollarga o‘ta arzon Olinia Uno elektromobilini taqdim etdi
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
23:04 / 03.03.2026