Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi karnavalda garmdori gazi purkalishi oqibatida 23 kishi jarohat oldi
Germaniyaning Amorbax shahrida (Bavariya) karnaval vaqtida noma'lum bezori ko‘zni achishtiruvchi gaz purkab yubordi. Bu haqda 5 fevralda Die Welt nashri xabar berdi.
Voqea mahalliy madaniyat markazida yuz bergan. Taxmin qilinishicha, gap garmdori gazi yoki ko‘zni achishtiruvchi gaz haqida ketmoqda. Tadbir ishtirokchilari – 400 ga yaqin kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
23 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Ulardan 5 nafari nafas olish yo‘llarining jiddiy yallig‘lanishi bilan shifoxonaga yotqazilganlar.