Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Suriya bilan gumanitar yordam ko‘rsatish haqida kelishuvlar imzoladi
Xitoy Suriya bilan texnik-iqtisodiy hamkorlik yo‘li bilan beg‘araz gumanitar yordam ko‘rsatish haqida ikkita kelishuv imzoladi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Kelishuvlar 5 fevralda Xitoyning Suriyadagi elchisi Tsi Tsyantszin va Suriyaning rejalashtirish va xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat boshqarmasi rahbari Imad Sabuniy tomonidan imzolandi.
Xitoy elchisi bu qadam Suriya xalqi uchrayotgan iqtisodiy va gumanitar muammolarni yumshatishga yordam berishiga umid bildirdi.
Suriyaning SANA axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuvlar miqdori 16 mln dollarni tashkil qilgan. Kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026