Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada 2 mingga yaqin ruhoniy yillab bolalarni zo‘rlaganligi ma'lum bo‘ldi
Avstraliyada katolik ruhoniylar bolalarga jinsiy tazyiq o‘tkazib kelganiga doir ko‘p yillik tergov o‘z nihoyasiga yetmoqda. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 1980 yildan 2015 yilga qadar mamlakatdagi mingdan ortiq katolik qavmda 10-12 yoshdagi 4444 nafar bolaga nisbatan jismoniy zo‘rlik qo‘llangan. AsiaPlus nashrida shu haqida ma'lumot berildi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2 mingga yaqin ruhoniy yoxud Avstraliyadagi barcha ruhoniylarning yetti foizi yillab bolalarni zo‘rlab kelgan.
Avstraliya katolik qavmlardagi jismoniy zo‘ravonlik holatlarini 2013 yildan buyon o‘rganib kelmoqda. Maxsus qirollik komissiyasi tergov ishi bilan shug‘ullanmoqda, bu Avstraliyada o‘tkaziladigan tergovlar ichida eng yuqori darajalisi hisoblanadi, hamkorlik qilishdan bosh tortganlik uchun jarima belgilanadi.
Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Juliya Gillard mazkur tergovga start bergan, mamlakatdagi Cherkov rahbariyati esa komissiyaning barcha ayblovlarni rad etishiga umid qilib, mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Komissiya o‘smirlarni zo‘rlash bilan bog‘liq barcha arizalarni o‘rganib chiqadi, lekin katolik cherkovlardagi zo‘rlash holatlari uning asosiy nishoniga aylandi.
Mazkur qabih jinoyatchilikning 4444 qurboni haqida ma'lumot bor. 6 fevral kuni navbatdagi davlat ishi doirasida katolik qavmlardagi zo‘rlash holatlariga oid statistika chop etildi. 1980 yildan 2015 yilga qadar 10-12 yoshdagi 4444 bola jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. Komissiya hisobotida ta'kidlanishicha, jabrlanuvchilar o‘z boshidan o‘tkazgan xo‘rlik haqida ochiq aytishlari uchun o‘rtacha 33 yil kutishgan. Tergov davomida ma'lum bo‘lishicha, jismoniy zo‘rlikning ilk holatlari 1950-yillarga to‘g‘ri keladi.
1880 nafar tajovuzkorning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Tajovuzga aloqador yana 500 kishining shaxsi noaniqligicha qolmoqda.
Vatikan tergov bilan to‘liq hamkorlik qilishdan bosh tortgan. Komissiya 2014 yilda Vatikandan avstraliyalik ruhoniylar ishtirokidagi zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarga so‘rovnoma bergan, biroq "bu ma'lumotlarni taqdim etishning imkoni yo‘qligi va u asossiz ekani" mazmunidagi javobni olgan. Shunisi qiziqki, alohida holatlarda Katolik cherkov hamkorlikdan bosh tortmagan.
"Bolalarning shikoyatlari rad etilgan, eng yomoni, buning uchun ularni jazolashgan. Ayblovlar o‘rganilmagan. Ayblov qo‘yilgan ruhoniylar boshqa qavmga o‘tkazilgan. U yerda tajovuzkorlarning o‘tmishi haqida hech narsa bilishmagan. Zo‘ravonlik holatlari yo umuman qayd etilmagan, yoki qog‘ozlar yo‘q qilingan", - dedi tergov vakili Geyl Ferness.
Tergovning yakuniy xulosalarini e'lon qilish 2017 yil mart oyi oxiriga qadar uzaytiriladi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026