Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya hukumati: “Yevropa ittifoqida qolish bo‘yicha harakatlarga yo‘l qo‘ymaymiz”
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey vakili mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi bo‘layotgan parlamentariylar davlat rahbarining Brexit bo‘yicha strategiyasini to‘sib qo‘ya olishmaydi, deb ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Bizning fikrimizcha, hukumatda britaniya xalqi xohish-istagini amalga oshirish bo‘yicha huquq bo‘lishi kerak», - dedi vakil.
Bu bayonot parlamentda Meyning Brexit bo‘yicha strategiyasi muhokama qilinish jarayoni fonida qilindi.
«Biz Yevropa ittifoqida qolish yoki blok bilan qayta birlashish harakatlariga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya xulosa qilgan u.
Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevropa ittifoqidan chiqish rejasi bo‘lgan rasmiy hujjatni taqdim etgandi.
Mavzuga oid
17:51 / 28.04.2026
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
21:17 / 22.04.2026
Britaniya tamakini taqiqlaydi va «chekmaydigan avlod» mexanizmini ishga tushiradi
00:33 / 13.04.2026
Britaniya Ho‘rmuz blokadasida qatnashishdan bosh tortdi – OAV
13:30 / 16.03.2026