Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB sobiq rahbari: Tramp farmoni AQSh razvedkasiga ziyon keltiradi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligining sobiq rahbari Maykl Xeyden mamlakat prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmonini tanqid qildi. Unga ko‘ra, farmondan Amerika josuslari ham aziyat chekadi, deb yozmoqda The Washington Post gazetasi.
"Prezident Trampning migratsiya bo‘yicha farmoni yomon o‘ylangan, noto‘g‘ri izohlangan va zaif amalga oshiriladigan farmon bo‘ldi", — deya bayonot bergan Xeyden.
"Men ushbu farmon oqibatlariga ko‘nikishga majbur bo‘layotgan ko‘plab razvedka mutaxassislarining fikriga egaman. Ularning so‘zlariga ko‘ra, farmon doirasiga kiritilgan 7 mamlakatdan 6 tasida inson zaxiralari AQSh qarshisidagi tahdidlar bilan kurashishda asosiy o‘rin tutadi", — degan Xeyden.
"Ular (razvedka xizmatlari xodimlari)ning qayd etishlaricha, migratsiya farmoni ma'lumotlarni taqdim etuvchilarning ishonchini puchga chiqargan. Axborot beruvchilar AQSh xavfsizligini ta'minlashda barcha narsasi bilan bo‘lmasa-da, ko‘p narsasi bilan tavakkal qilmoqda", — degan Xeyden. "Inson nomusi yuqori baholanadigan Yaqin Sharqda o‘zimiz o‘q uzayotgan insonni yollash, jamiyatining qadr-qimmati, nomusi toptalganlarni yollashdan ko‘ra, osondir", — deb qo‘shimcha qilgan MRB sobiq direktori.
Uning aytishicha, "xafagarchiliklar ko‘p hollarda tezda g‘oyib bo‘ladi". "Biz qo‘rqoq va faqat pul uchun hamkorlik qiladigan josuslar bilan ishlashimizga to‘g‘ri keladi, bu esa eng yomoni", — deb hisoblamoqda Xeyden.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026