Jahon | 08:23 / 06.02.2017
10659
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Eron birinchi raqamli terroristik davlat hisoblanadi

AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, Eron AQShni «umuman hurmat qilmaydi» va «birinchi raqamli terrorchilik davlati» hisoblanadi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

«Eron umuman bizning mamlakatimizni hurmat qilmaydi. U birinchi raqamli terrorchi davlatdir. U mablag‘larini qurollanishga sarflaydi», — degan Tramp. 

Tramp Eronga nisbatan sanksiyalar qo‘llash yordamida siyosat yuritishga va'da berar ekan, AQSh «buni allaqachon boshlagani»ni qo‘shimcha qildi.

Amerika davlat rahbarining qayd etishicha, o‘z harakatlarini oldindan ma'lum qilmaydi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u har doim Barak Obamani Amerika harbiylari «Mo‘sulga yoki boshqa hududlarga» safarbar qilinayotganini avvaldan aytgani uchun tanqid qilib kelgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid