Jahon | 08:51 / 06.02.2017
5105
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘z prezidentligini tushida bo‘layotgandek his qiladi

Foto:AP

AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, u lavozimiga kirishganiga doir syurrealizm (tush va haqiqiy hayotning uyg‘unlashuvi) hissiyotlarini boshidan kechirmoqda. Biroq, u bundan qutilishi kerak, chunki juda ko‘p ishlarni bajarish lozim. 

"Shuni aytishim kerakki, kelasi kuni Oq uyning asosiy eshigidan kirib, o‘zimga bu juda ajoyibligini aytdim", — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

"Qaysidir ma'noda bu syurrealistik hislarni uyg‘otadi, biroq buni yengib o‘tish lozim, chunki oldinda qiladigan ishlar juda ko‘p", — deb qo‘shimcha qilgan prezident. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid