Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev bosh prokurorga topshiriq berdi
Foto: Akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika bosh prokurori bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Akorda matbuot xizmati. Jakip Asanov huquq-tartibot idoralarining 2016 yilgi faoliyatiga doir hisobot bergan va joriy yildagi rejalar xususida ma'lum qilgan.
Nazarboyev mamlakatda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlar muhimligini ta'kidlab, jinoyatlar soni o‘sishiga yo‘l qo‘ygan huquq idoralari jazolanganini qayd etgan.
"Shu sababli ma'lumotlarni sun'iy ravishda to‘g‘irlashdi. Endilikda, barcha qonunbuzarlikka doir ma'lumotlar majburiy ravishda ro‘yxatga olinishi kerak", - degan Qozog‘iston rahbari.
Davlat rahbari prokuraturaning qonunchilik me'yorlariga rioya qilinishidagi o‘rniga alohida to‘xtalib, uchrashuv natijalariga ko‘ra, aniq topshiriq va ko‘rsatmalar bergan.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025