Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple noodatiy quloqchinlarga patent oldi
Apple kompaniyasi musiqa karnaylariga aylanuvchi quloqchinlarga patent oldi. Tasdiqlangan patent murojaati Amerika patent idorasi saytida joylashtirildi.
Murojaatda quloqchinlarning uch varianti taqdim etilgan – to‘la hajmli, qoplamali va qo‘shimchali. Aksessuar tashqi ko‘rinishdan oddiy quloqchinlardan hech narsasi bilan farq qilmaydi.
Uning siri – ichki tuzilmasida. Quloqchinlarning birida kuchaytirgich bo‘lib, bu uni to‘laqonli dinamikka aylantiradi. Bundan tashqari, aksessuar tepasiga elektr sxema joylashtirilgan.
Albatta, to‘la hajmli yoki qoplamali quloqchinlardan dinamiklar qilish mumkin. AirPods yoki EarPods’ga mo‘ljallangan funksiyaga esa deyarli ishonib bo‘lmaydi. Biroq agarda iPhone 7 stereotovushni asosiy va suhbatga mo‘ljallangan dinamikka yetkazish imkonini bersa, Apple universal quloqchinlari yaqin orada ishlab chiqara boshlanadi.


Mavzuga oid
09:53 / 17.11.2025
Apple’ga $634 million jarima: Masimo bilan mojaro yana avjida
14:54 / 04.11.2025
Apple Magic Mouse’ga haqiqiy raqobatchi paydo bo‘ldi
11:18 / 04.11.2025
Apple iOS 26.1 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
18:09 / 03.11.2025