Sport | 22:14 / 08.02.2017
7829
2 daqiqa o‘qiladi

Messi qo‘shnilar tug‘diradigan muammoni qat'iylik bilan hal qilgani ma'lum bo‘ldi

«Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitich Kataloniya poytaxtidagi hayoti to‘g‘risida gapirib berdi. U intervyu davomida jamoadoshi Lionel Messining hayotiga oid qiziqarli ma'lumotni aytib o‘tgan.

«Barselonaning diqqatga sazovor ba'zi joylarini chempionlik paradida, avtobusning ikkinchi qavatidan ko‘rganman. Masalan, Las Ramblas yoki Monjuik – u yerda hech qachon bo‘lmaganman.

Qo‘shnilar bilan qanday munosabatdaman? Ular bilan menda muammo bo‘lmagan», degan xorvatiyalik futbolchi.

U shu o‘rinda Messining qo‘shnilar bilan muammoni qanday hal qilgani haqida eslagan. Uning aytishicha, Messi Barselona atrofidagi Kasteldefelsedan uy sotib olganida, qo‘shnilar ko‘taradigan shovqin-surondan bezovta bo‘lgan. 

«U shovqin-suron qilib, doimo xalaqit beradigan qo‘shniga duch kelgan. Yakunda u qo‘shnisining uyini sotib olgan va xotirjam hayot kechira boshlagan», deya Rakitichning so‘zlarini keltirgan L’Equipe.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid