Jahon | 09:14 / 08.02.2017
5028
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 4 mingdan ko‘proq davlat xizmatchisi ishidan bo‘shatildi

Foto: AFP

Turkiya hukumati farmoni bilan mamlakatda o‘tgan yil iyulida davlat to‘ntaruviga urinish bilan bog‘liq holda yana 4464 nafar davlat xizmatchisi o‘z ishidan bo‘shatildi. Bu haqda Resmi Gazete nashrida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanishicha, bo‘shatilgan davlat xizmatchilaridan yarmidan ko‘pi milliy ta'lim vazirligida ishlaganlar.  

Turkiyada to‘ntaruvga urinishdan keyin umumiy hisobda 125 ming kishi o‘z ishidan bo‘shatilgan yoki hibsga olingan. Rasman 40 mingga yaqin harbiy va politsiyachi hibsga olingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid