Italiyalik olimlar Nefertiti qabrini qidirish ishlarini boshlashdi
Turin universiteti arxeologlari va fiziklaridan iborat ilmiy guruh Misr fir'avni Tutanxamon qabri devorlarini o‘rganishni boshladi. Taxminlarga ko‘ra, devorlar ortida afsonaviy Nefertiti va boshqa qator fir'avnlarning jasadlari dafn qilingan qabrlar aniqlanishi mumkin, deb xabar qiladi Misr qadimgi yodgorliklar vazirligi.
"Yangi xonalar (qabrlar)ni topish bo‘yicha avvalgi urinishlar qarama-qarshi va chala natijalar berdi. Endi bu o‘lchovlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra, ushbu murakkab va muhim masalaga nuqta qo‘yamiz. Biz asr kashfiyoti yoxud asr omadsizligi mualliflari bo‘lamiz", — degan Italiyaning Turin universiteti olimi Franko Porchelli.
2015 yil avgust oyi boshlarida britaniyalik tarixchi va arxeolog Nikolas Rivz Academia.edu saytida shov-shuvli maqolasini e'lon qilgan edi. Unda olimning ta'kidlashicha, Podshohlar vodiysidagi Tutanxamon qabri devorlari HD-suratlarining tahliliga ko‘ra, devorlardan birining ortida qirolicha Nefertiti, uning tutingan onasi hamda islohotchi fir'avn Amenxotepning rafiqasi qabrlariga yo‘l bor.
Ayni shu maqola boshqa misrshunoslar va Misr hukumati e'tiborini tortdi. Shu sababli Qohira ma'muriyati Rivz va uning jamoasiga qabr devorlarini radarlar va boshqa asbob-uskunalar vositasida yoritishga ruxsat berishdi. 2016 yil fevral va mart oylarida Rivz ham matbuotda maxfiy xonani topishning uddasidan chiqishgani xususida bir necha marotaba bayonot berdi. Misr qadimgi yodgorliklari bo‘yicha Kengashning sobiq kotibi Zaxi Xavas kabi raqiblari esa Rivzni inkor qilishdi.
Alaloqibat, Yaponiya va AQShdan kelgan ikki ilmiy guruh olimlari Tutanxamon qabri devorlarini radar, issiqliq qurollari va boshqa uskunalar yordamida tekshirishdi. Ular Rivzning xulosalarini ikki xil baholashdi. Yaponiyaliklar tasdiqlashgan bo‘lsa, amerikaliklar inkor etishdi. Buning natijasida Misr hukumati Rivz xulosalarini ishonchsiz deb baholadi va yangi, batafsilroq hisobot berilmaguncha, qabrni ochishni taqiqladi.
Misr qadimgi yodgorliklar vazirligi bu ishni yaponiyalik fiziklarga topshirmoqchi ekani xususida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo, keyinchalik, vazirlik rahbariyati fikrini o‘zgartirib, loyihani italiyalik olimlarga ishonishdi. Bu qaror, Porchellining ancha vaqtdan buyon "fizik" misrshunoslik bilan shug‘ullanishi hamda bu borada o‘ziga yarasha obro‘ qozongani bilan izohlanishi mumkin. Porchelli Tutanxamon xanjari qanday metalldan yasalgani va Qadimgi Misrning boshqa ko‘plab sirlariga javob topgan.
Mavzuga oid
15:34 / 18.11.2024
Misr O‘zbekistonda qurilayotgan kimyo klasteri loyihasida ishtirok etmoqchi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024