Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Povetkin doping qabul qilishi bilan bog‘liq ayblovlarni rad etdi
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Nyu-York shtati Janubiy okrug federal sudida doping qabul qilishi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, shifokor Maksim Krasavinning tavsiyasiga binoan 2015 yilning sentabrida meldoniy qabul qilgan. O‘shanda mashqlar Qozog‘istondagi tog‘li hududda o‘tkazilgan.
Krasavin ham Povetkinga bu dori vositasini ikki hafta davomida qabul qilishni tavsiya etganini tan olib, u og‘ir jismoniy yuklamalarda yurak uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarmasligini aytib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda, bokschining ma'lum qilishicha, meldoniy 2016 yilning 1yanvar kuni taqiqlangan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, uni qabul qilmagan.
Povetkin vakillarining sud jarayonida keltirgan ma'lumotiga ko‘ra, inson organizmida meldoniy izlari uni qabul qilgandan ko‘p oylar o‘tib ham qolishi mumkin.
Ma'lumot uchun, 2016 yilning mayida Povetkin qonida meldoniy topilgach, uning Moskva shahrida amerikalik bokschi Deontey Uaylder bilan jangi bekor qilindi. Bir oy o‘tib esa DiBella Entertainment Inc promouterlik kompaniyasi rossiyalikni taqiqlangan modda qabul qilishda va jang o‘tkazish talablarini buzishda aybladi hamda taxminan 5 million dollar to‘lab berishini sud orqali talab qildi. Povetkin va «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi unga javoban da'vo arizasini yo‘llab, amerikaliklardan obro‘ga putur yetkazgani va jangni to‘xtatgani uchun 34,5 million dollar talab qilishdi.
7 fevral kuni Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) Povetkin sport reytinglaridan chetlatilishi haqida xabar berdi. 2 fevral kuni uning «B» doping namunasi taqiqlangan ostarin moddasi bo‘yicha ijobiy natija bergan.
Mavzuga oid
20:06 / 03.07.2026
Jahon chempionatida bir nechta futbolchi doping bilan qo‘lga tushdi
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:35 / 03.10.2025
Ramazon Temirov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi
20:54 / 08.08.2025