Fan-texnika | 14:45 / 09.02.2017
15964
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya siyosiy elitasi uchun sedan va yo‘ltanlamas dizayni patentlandi

Foto: Motor.ru

Avtomobil va avtomotor ilmiy-tadqiqot instituti «Kortej» loyihasi doirasida Rossiya siyosiy elitasiga xizmat qiluvchi sedan va yo‘ltanlamas dizayniga patent oldi. Yangi avtomobillar surati «Rospatent» saytida joylashtirilgan.

«Kortej»ga doir avtomashinalar xususida bundan boshqa hech qanday ma'lumot yo‘q.  Yo‘ltanlamas mualliflari sifatida Gennadiy Tishkin, Yuriy Chernenko, Aleksey Chvokin va Ivan Borisov, sedan muallifligiga Ravil Yalakov ham qayd etilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, patent olish uchun ariza 2016 yil may oyida topshirilgan. 

«Kortej» loyihasi avtomobillari Aurus nomi ostida ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu nom Aurum («oltin») va Russia («Rossiya») so‘zlarining o‘zaro qisqartirilgan shaklidir. Institut, shuningdek, brendning bir necha logotipini ishlab chiqqan. 

Ushbu avtomobillar 2017 yilda Rossiya siyosiy elitalariga xizmat qiluvchi maxsus bo‘linma ixtiyoriga kelib tushadi. Uning ilk ommaviy namoyishi 2018 yil may oyida Rossiyaning yangi prezidenti inauguratsiyasida bo‘lib o‘tadi. 

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Mavzuga oid