Jahon | 18:58 / 09.02.2017
3590
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya adliya vaziri iste'foga ketishga qaror qildi

Foto: AP Photo/Vadim Ghirda

Ruminiya adliya vaziri Florin Yordake mamlakatda davom etayotgan noroziliklar ortida iste'foga ketishga ariza berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Men iste'foga ketish haqida ariza berdim. Men nimaiki qilgan bo‘lsam, barchasi qonuniy bo‘lganini tasdiqlayman", deb aytgan Yordake.

Ruminiyada hukumatning qorruptsiya bo‘yicha sudlanganlarni afv etish qarori sababli noroziliklar 22 yanvarda boshlangandi. Namoyishchilarning ta'kidlashicha, hukumatning jinoyat kodeksiga tuzatishlar va amnistiya haqidagi farmoniga ko‘ra ozodlikka korrupsiyalashgan siyosatchilar va xavfli jinoyatchilar chiqib ketadi. Mamlakatda barham topmayotgan tartibsizliklar sababli Ruminiya adliya vazirligi bu qonun loyihasidan voz kechgan. Bu hujjat Ruminiyada sudya va prokurorlarning kasbiy faoliyatini nazorat qiluvchi magistratura oliy kengashiga topshirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid