Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: “Apellyatsiya sudi qarori AQSh xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yadi”
AQSh xavfsizligi masalasi kun tartibiga chiqdi, deb yozdi Amerika prezidenti Donald Tramp Twitter mikroblogida. U San-Frantsisko 9-okrugi apellyatsiya sudi quyi instansiya sudi tomonidan immigratsiya farmoni ijrosiga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni tasdiqlagach, shunday fikrni bildirgan.
"Sudda ko‘rishamiz, mamlakat xavfsizligi haqida gap ketmoqda", - degan Tramp.
Shundan so‘ng, davlat rahbari Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashgan. "Bu juda jiddiy vaziyat, shunday ekan, biz ular bilan sudda ko‘rishishga umid qilamiz. Biz bu ishda g‘alaba qozonmoqchimiz", - degan Tramp. Uning fikricha, San-Frantsisko sudi "siyosiy qaror" chiqargan.
Prezident o‘zining qisqa chiqishi davomida Oq uy ma'muriyatining kelgusi harakatlariga oydinlik kiritmagan. Tramp, bu masalani mamlakatning yangi adliya vaziri va bosh prokurori Jyeff Seshns bilan muhokama qilishga ulgurmaganini ta'kidlagan. Shu bilan birga, Trampning aytishicha, sud qarori uning prezidentligini zaiflashtirmaydi. Ayni vaqtda, adliya vazirligi sud qarorini o‘rganib, ehtimoliy variantlarni ko‘rib chiqayotganini bildirgan. Mahalliy ekspertlarning fikriga ko‘ra, sud qarori Oliy sudda ko‘rib chiqilishi va unda bekor qilinishi mumkin.
Donald Tramp sud tortishuvlariga sabab bo‘layotgan immigratsiya farmonini 2017 yil 27 yanvarida imzoladi. Unga muvofiq, AQShda qochqinlarni joylashtirish dasturi 120 kunga to‘xtatildi, Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviya fuqarolarini 90 kun muddatga mamlakatga kiritmaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
3 fevral kuni Sietl federal sudyasi Jyeyms Robart Vashington va Minnesota shtatlari hukumatlarining immigratsiya farmoniga nisbatan murojaatini ko‘rib chiqib, uning ijrosiga vaqtincha taqiq joriy qildi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026