Iqtisodiyot | 17:30 / 10.02.2017
17572
1 daqiqa o‘qiladi

Usmonovga tegishli kompaniya milliarderning boshqa bir xoldingini xarid qildi

«Megafon» kompaniyasi Mail.Ru Group xoldingida ulush xarid qilish bo‘yicha kelishuvni yakunladi. Bu haqda operator saytida xabar berilgan.

Telekom-korporatsiya nazorati ostiga A sinfidagi 11,5 million va oddiy turdagi 21,9 million aksiya o‘tdi. Ular ustav kapitalining 15,2 foiziga yoki Mail.Ru Group’dagi 63,8 foiz ovozlarni tashkil etadi.

Kelishuvning umumiy qiymati 740 million dollarni tashkil qildi. Kompaniya 640 million dollarni pul mablag‘lari yordamida to‘lab bergan bo‘lsa, qolgan 100 million dollar kelishuv imzolanganidan so‘ng bir yil davomida to‘lab boriladi.
 

Mavzuga oid