2023 yildan uyali aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi
2021 yilning 10 fevral kuni «Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Qarorda O‘zbekiston hukumati va Megafon ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) o‘rtasida imzolangan shartnoma shartlari keltirilgan.
Qarorda ma'lum qilinishicha, 2023 yildan boshlab uyali aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi.
Bungacha bo‘lgan muddatda soliq stavkasi bosqichma-bosqich kamaytirib borilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab uyali aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i 10 foiz bo‘lishi belgilangan.
Ma'lumot uchun, 2021 yilda uyali aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.
Avvalroq, USM Telecom va «MegaFon» o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

12:47 / 01.12.2023
Gazlangan ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etilishi “qora bozor”ning avj olishiga sabab bo‘lishi aytildi

21:09 / 12.04.2023
AQSh va Britaniya Usmonovning kompaniyalariga sanksiya qo‘lladi

11:05 / 24.05.2022
Aksiz soliq to‘lovchilar faoliyatini raqamlashtirish jarayoni olib borilmoqda

12:22 / 17.11.2021