USM Mail.Ru Group'ni nazorat qiluvçi yagona tomon bölib qolmaydi, deyiladi kompaniya saytidagi xabarda. U yerda körsatilişiça, endi «MF Texnologii» AJ orqali Mail.Ru Group’ni aksiyadorlardan birortasi bir özi nazorat qilmaydi, deb xabar bermoqda RBK.
Özgarişlarga muvofiq, Mail.Ru menejyerlari Boris Dobrodeyev va Dmitriy Sergeyev, şuningdek, «Gazprombank» top-menejyerlari Alan Vaksman hamda Sergey Mednov yangi a'zolar sifatida direktorlar kengaşi tarkibiga kiritiladi. Ular mos ravişda Sergey Soldatenkov, Ivan Streşinskiy, Anna Serebryanikova va Vlad Volfsonni almaştirişlari kerak.
Alişer Usmonovning özi, qabul qilingan qarorga izoh berib, «bu jarayonga sönggi yillar davomida tayyorgarlik körgani»ni bildirdi. «Aminmanki, yuqori texnologiyali kompaniyalarni yoş avlod - zamonaviy raqamli biznesning rivojlaniş tendensiyalaridan xabardor bölgan iste'dodli hamda katta maqsadli şaxslar boşqarişi lozim», - deyiladi USM asosçisi bayonotida.
«Men boşqaruvni bemalol tark etyapman: bizning biznes va moliyaviy natijalar heç qaçon yuqori emasdi, Mail.ru Group jamoasi esa - öz işining ajoyib professionallari», - deya ma'lum qildi Usmonov.
«Hayotimda ikkita narsa ustun turadi - odamlarga yordam beriş va kelajakka intiliş», - dedi tadbirkor. Uning sözlariga köra, endi u xayriya faoliyati bilan şuğullaniş niyatida. Biznes sohasida Usmonov Yevropada e-commerce sohasida eng yirik kompaniyani taşkil etib, Amazon va Ebay’dan ötib ketmoqçi.












