Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda kuchli portlash ro‘y berdi, ko‘plab qurbonlar bor
Afg‘onistonning Hilmond viloyatida xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash oqibatida kamida 11 inson halok bo‘ldi, 21 nafar kishi jarohatlandi. Bu haqda Tolo News telekanali mahalliy hukumatga asosan xabar berdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlash Lashkargoh shahrida mahalliy vaqt bilan 14.00da (Toshkent vaqti bilan 14.30) yuz bergan. Xudkush-terrorchi maxsus xizmat qo‘riqchilar otryadi yonida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinani portlatgan.
Guvohlardan birining xabar berishicha, maxsus xizmat mashinalariga ham zarar yetgan.
Portlash uchun mas'uliyatni hozircha hech bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026