Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ikkita radikal guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda ikkita radikal guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu bir qator maxsus amaliyotlar davomida amalga oshirildi, deb xabar berdi MXQ matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, maxsus amaliyotlar Olmaota shahri va Olmaota viloyatidagi bir necha tumanlarda o‘tkazilgan.
«Ikki radikal guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, shuningdek, diniy-ekstremistik oqimga aloqador olti nafar shaxs qo‘lga olindi», - deb xabar qilishgan matbuot xizmatida.
Umumiy hisobda terrorchilikni targ‘ib etish, terrorchilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish, diniy nifoqni yuzaga keltirish va qurol-yarog‘ni noqonuniy ravishda saqlash bo‘yicha 15 kishi hibsga olingan.
«Qo‘lga olinganlarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvlarda beshta granata, xalqaro terrorchilik tashkilotlari timsollari, noqonuniy diniy adabiyotlar topildi», - deya ta'kidlab o‘tishgan MXQda.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
16:44 / 15.01.2026