Jahon | 16:56 / 11.02.2017
6424
2 daqiqa o‘qiladi

Kucherena: Snoudenning AQShga ekstraditsiya qilinishi mish-mish

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) sobiq xodimi Edvard Snouden advokati Anatoliy Kucherena mijozining AQShga topshirilishiga asos ko‘rmayapti. U bu xususda jahon OAVda paydo bo‘lgan xabarlarni mish-mish sifatida baholadi.

"Edvard Snoudenni AQShga topshirish bo‘yicha asos yo‘q. Bu o‘ziga yarasha, aytish mumkinki, AQSh maxsus xizmatlarining firibgarliklaridir. O‘ylaymanki, bu mavzu AQSh siyosatida qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qolmoqda. Ammo, Snouden borasida shov-shuv ko‘tarayotganlar Amerika maxsus xizmatlaridir, ular vaqt-vaqti bilan shu kabi mish-mishlarni tarqatishmoqda", - degan Kucherena.

U Snouden Rossiyada yashash va ishlashga ruxsati borligi, mamlakat qonunlariga rioya qilayotganini ta'kidlagan. "Bu mavzuni ko‘rib chiqish uchun kichik bo‘lsa-da asos yo‘q", - deya izoh bergan Snouden advokati. 

"Obama ma'muriyatida Rossiyani nimalargadir tortishga urindi. Ammo, xotirlatish o‘rinliki, Rossiya insonlar bilan savdo qilmaydi. Rossiya inson huquq va erkinliklari bilan savdo qilmaydi. Shunga ko‘ra, bu shunday xabarlarni chiqarayotganlarning vijdoniga havola", - degan Kucherena. Uning qo‘shimcha qilishicha, "Snouden masalasi iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham savdolashish mavzusi bo‘la olmaydi". 

Avvalroq, NBC telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSh razvedkasi Rossiya maxsus xizmatlari MRB sobiq xodimi Edvard Snoudenni prezident Donald Trampga "hadya qilish" masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida ma'lumotlarga egaligini ta'kidlagan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid