Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya KXDRning raketa uchirishiga munosabat bildirdi
Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev ma'lum qildiki, KXDR BMT Xavfsizlik kengashi qarorlariga rioya etmog‘i lozim. Bu haqda RIA Novosti agentligida xabar berilgan.
Uning aniqlik kiritishicha, KXDR yangi ballistik raketalar ishlab chiqarmasligi, yadroviy sinovlar o‘tkazmasligi va boshqa ig‘voli harakatlar sodir etmasligi kerak.
«Rossiyaning pozitsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashining 30 noyabr kuni yadroviy sinovlar munosabati bilan KXDRga nisbatan yangi cheklov choralarini ko‘rish bo‘yicha qabul qilingan 2321-raqamli rezolyutsiyaga muvofiqdir: «KXDR hech qanday ballistik raketalar hamda yadroviy sinovlar o‘tkazmasligi va boshqa ig‘vogarona harakatlarni amalga oshirmasligi kerak», — degan senator.
Bundan oldinroq, Pentagondagilar KXDR uchirgan raketa o‘rta masofali ballistik raketa bo‘lgani va bunday sinovlar Shimoliy Amerikaga tahdid solmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
16:04 / 12.01.2026
London Kiyev uchun Nightfall ballistik raketasini ishlab chiqadi
11:34 / 29.12.2025