Rossiya Federatsiya kengaşi xalqaro qömitasi rahbari Konstantin Kosaçev ma'lum qildiki, KXDR BMT Xavfsizlik kengaşi qarorlariga rioya etmoği lozim. Bu haqda RIA Novosti agentligida xabar berilgan.

Uning aniqlik kiritişiça, KXDR yangi ballistik raketalar işlab çiqarmasligi, yadroviy sinovlar ötkazmasligi va boşqa iğvoli harakatlar sodir etmasligi kerak.

«Rossiyaning pozitsiyasi BMT Xavfsizlik Kengaşining 30 noyabr kuni yadroviy sinovlar munosabati bilan KXDRga nisbatan yangi çeklov çoralarini köriş böyiça qabul qilingan 2321-raqamli rezolyutsiyaga muvofiqdir: «KXDR heç qanday ballistik raketalar hamda yadroviy sinovlar ötkazmasligi va boşqa iğvogarona harakatlarni amalga oşirmasligi kerak», — degan senator.

Bundan oldinroq, Pentagondagilar KXDR uçirgan raketa örta masofali ballistik raketa bölgani va bunday sinovlar Şimoliy Amerikaga tahdid solmasligini ma'lum qilgandi.