Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Myanmadagi qochqin musulmonlarni qabul qilishni boshlaydi
AQSh hukumati hozirda Indoneziyada bo‘lib turgan myanmalik rohinya musulmon-qochqinlariga boshpana beradi. The Jakarta Post gazetasining yozishicha, Amerika bosh konsulligi vakillari hamda BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xodimlari Achex viloyatida bir necha uchrashuv o‘tkazgan.
AQShning Medan shahridagi bosh konsuli Juxa Salinning so‘zlariga ko‘ra, "qochqinlarning kirish hujjatlarini to‘ldirish ishlari jadval asosida olib borilmoqda". Shunga qaramay, u Qo‘shma Shtatlar necha kishini qabul qilishiga oydinlik kiritmagan. Ayni paytda, Indoneziyada 800 nafarga yaqin rohinya musulmonlari kun kechirmoqda. Ularning barchasiga BMT dasturi doirasida qochqin maqomi berilgan.
Ushbu etnik millat vakillari Myanma shimolidagi Rakxayn shtatida istiqomat qilib keladi. Bu yerda rohinya va buddaviylar o‘rtasida doimiy ravishda to‘qnashuvlar bo‘lib turadi. Bir necha oy muqaddam, mamlakat shimolidagi vaziyat keskin yomonlashdi. Noma'lum kimsalarning nazorat-o‘tkazuv postlariga hujum qilishi oqibatida 9 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Shundan so‘ng, mamlakat qurolli kuchlari shtat g‘arbida harbiy amaliyotlar o‘tkazib, 86 nafar rohinya musulmoni o‘ldirilgan, 65 ming nafari o‘z uylarini tark etib, qo‘shni Bangladeshga qochishga majbur bo‘lgan edi.
Myanma hukumati o‘nlab yillardan beri rohinyalarni mamlakat fuqarolari deb tan olmaydi. Ularni bangladeshlik noqonuniy muhojirlar, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, "rohinya" so‘zining o‘zi rasman hech qayerda qo‘llanilmaydi.
Mavzuga oid
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16