Hindistonda odamxo‘r yo‘lbars ushlandi
Hindistonda olti kishini o‘ldirgan yo‘lbars ushlandi, deb xabar bermoqda Metro nashri.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, yirtqich Pilibxit okrugidagi qo‘riqxonadan taxminan to‘rt oy muqaddam qochib ketgan. U o‘shandan beri yaqin atrofdagi qishloqlar atrofida oziq izlab yurgan, yanvarda esa odamlarga hujum qila boshladi. Yirtqichning aksariyat qurbonlari ochiq havoda uxlayotgan bo‘lishgan.
11 fevral kuni yo‘lbars okrugdagi qishloqlardan birini qo‘riqlab o‘tirgan shaxsga hujum qildi. Shundan so‘ng mahalliy fuqarolar bolta va tayoqlar bilan qurollanib, jonivorni qidirishga qaror qilishgan. Ular buning uchun qo‘shni maydonlarni o‘rab olib, shakarqamish ekinlarini traktorlar yordamida yer bilan bitta qilib tashlashdi.
Yo‘lbars bir necha soat o‘tib topildi – u o‘ldirilgan erkakni yeyish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Yirtqichga uxlatuvchi vosita bilan to‘ldirilgan maxsus o‘qlar otildi, so‘ngra uni katta qafasga joylab, Lakxnau shahridagi hayvonot bog‘iga olib ketishdi.
Nashrning ta'kidlashicha, qishloq aholisi agarda yo‘lbars ushlanmasa 15 fevralga rejalashtirilgan mahalliy organlarga saylovlarni baykot qilish bilan tahdid qilishgan.
Mavzuga oid
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
00:00 / 29.10.2024
Hindiston farmatsevtika kompaniyasi Rossiyaga Amerika chiplarini yetkazib berayotgani ma’lum bo‘ldi
21:20 / 28.10.2024
Modi BRICS sammitida Rossiya va O‘zbekiston prezidentlariga rasm sovg‘a qildi
13:10 / 28.10.2024