Malayziya Shimoliy Koreya yetakchisining akasi jasadini berishi shartini ma'lum qildi

Malayziya Shimoliy Koreyaga ushbu mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning Kuala-Lumpurda vafot etgan akasi Kim Chen Namning jasadini u yorib ko‘rilgach topshirishini ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy Star nashri xabar bermoqda.
"Biz jasadning topshirilishi haqida Shimoliy Koreya elchixonasidan murojaat oldik. Biroq biz buni qilishdan avval jasadni yorib ko‘ramiz", deb aytdi Malayziya politsiyasi vakili Fozil Ahmad.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 6 fevraldan Malayziyada bo‘lgan Kim Chen Namning jasadini 15 fevralda yorish rejalashtirilgan. Hozirda politsiya marhumning Malayziya bo‘ylab harakatlangani va aloqalarini o‘rganmoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisining akasi 13 fevralda Makaoga uchadigan samolyotga o‘tirishi kerak bo‘lgan, biroq o‘zini to‘satdan yomon his qila boshlagan. Turli taxminlarga ko‘ra, unga zaharlangan ignalar bilan jarohat yetkazilgan bo‘lishi, zaharli suyuqlik sepib yuborilgan yoki yuziga qandaydir moddaga bo‘ktirilgan latta bilan yurgazilgan bo‘lishi mumkin.
Shundan keyin jabrlanuvchi aeroport tibbiyot punktiga joylashtirilgan va shahardagi shifoxonalardan biriga olib ketilayotganda vafot etgan.
Ko‘rinishicha, Kim Chen Nam boshqa nom bilan sayohat qilgan, uning yonidan 1970 yilda Pxenyanda tug‘ilgan Kim Chol nomiga olingan pasport bo‘lgan.
Kim Chen Nam Shimoliy Koreyani ancha yil avval tark etgan bo‘lib, Makaoda yashab, biznes bilan shug‘ullangan. Bir vaqtlar u Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari, otasi Kim Chen Irning ehtimoliy vorisi sifatida e'tirof etilgandi, biroq bu nomga uning kichik ukasi Kim Chen In sazovor bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda masjidda gaz portladi
O‘zbekiston | 13:46
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tutashuvlarida o‘tkazish qobiliyati oshiriladi
Iqtisodiyot | 12:52
-
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi
O‘zbekiston | 12:49
-
Tramp Rossiya neftiga ikkilamchi bojlar joriy etish bilan tahdid qildi
Jahon | 12:40
Mavzuga oid

12:07 / 29.03.2025
Malayziyada "Umra plyus O‘zbekiston" ziyorat turizm paketlari joriy qilinadi

08:40 / 29.03.2025
Malayziya O‘zbekistonda halol insulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

13:49 / 24.03.2025