Jamiyat | 16:29 / 15.02.2017
11777
3 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent-Aero» IBKda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi bilan hamkorlikda havo yo‘llari orqali tovarlarni olib o‘tayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ochiq muloqot tashkil etdi. U «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

Unda tegishli vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari,  tadbirkorlar, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar, keng jamaotchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok qildi.

Tadbirni ochar ekan, “Toshkent-Aero” IBK boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, bojxona xizmati polkovnigi Mirsolih Mirobidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” joriy yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilganini ta'kidladi.

Tadbirda Toshkent  aviatsiya  transport  prokurori Ikrom Narimov so‘zga chiqib, mazkur Dastur iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga xizmat qilishini urg‘uladi.

Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016 yil 5 oktabrdagi PF-4848-son Farmoni bilan tadbirkorlarga bojxona sohasida joriy qilinayotgan yangi qulayliklar va yengilliklar hamda bojxona organlariga yuklangan vazifalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Mavzuga oid