Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq futbolchi: Venger sharmandali hisobda yutqazdi, unda o‘zini himoya qilishga so‘z qolmadi
«Arsenal» jamoasi sobiq futbolchilaridan biri Martin Kioun Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida «Bavariya»dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin klubda o‘zgarishlar davri kelgani haqida aytib o‘tdi.
«Arsen Venger uchun xafaman. Bu sharmandali mag‘lubiyat. «Bavariya» «Arsenal»ni shunchaki yakson qildi.
Venger endi jamoada qolish-qolmasligi borasida yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak, chunki u sharmandali hisobda yutqazdi. Hech qachon u klubdan ketishi kerak deyishni istamagandim, ammo hozir uning «Arsenal»dagi faoliyati eng quyi darajaga tushdi.
Unga jamoa o‘yinini kuzatish og‘riqli ekani ko‘rinib turibdi. Men unga achinmoqdaman, unda o‘zini himoya qilish uchun so‘z qolmadi. Venger 20 yil «Arsenal»da ishladi, u juda yaxshi ishladi. Ammo endi «Arsenal»da tushkunlik davri. Ko‘rinishidan, bir davr yakuniga yetmoqda.
Venger bo‘yicha qaror qabul qilinsa kerak. Bunday o‘yindan keyin albatta bir qaror qabul qilish kerak», – degan Kioun BT Sport efirida.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026