Finlyandiya qurol-aslaha sotib olishga xarajatlarni ikki marotabaga ko‘paytirmoqchi
Finlyandiya yaqin orada mamlakat qurolli kuchlari uchun qurol-aslaha va texnika sotib olishga yillik xarajatlar miqdorini oshirishni rejalashtirmoqda va bu xarajatlar 2017 yilda 80 mln yevroni tashkil qiladi hamda 2020 yilga kelib 150 mln yevrogacha oshishi mumkin. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Yussi Niinistyo matbuot-anjumanida hukumat tomonidan ma'qullangan mudofaa masalalari bo‘yicha ma'ruzani tanshtirib, ma'lum qildi.
Niinistyoning aytishicha, "fin armiyasining harbiy vaqtdagi miqdorini 280 ming kishigacha, ya'ni 20 foizga oshirish rejalashtirilgan". 2012 yilgacha bu ko‘rsatkich 350 ming kishini tashkil qilgan, keyin esa 230 ming kishigacha kamaytirilgan.
Fin hukumati xaridlarga xarajatlarni oshirishdan tashqari, 2018 yildan "jangovar tayyorgarlikni oshirish" uchun har yili 55 mln yevrodan qo‘shimcha sarflashni rejalashtirmoqda.
"Bizning atrof va geostrategik vaziyat o‘zgardi. An'anaviy urush imkoniyati yana xavflar qatoriga qaytdi", deb tushuntirgan o‘zgarishlar zaruriyatini mudofaa vaziri.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
23:18 / 23.11.2024
Finnair ish tashlashlar tufayli 300 ga yaqin reysini bekor qiladi
21:33 / 18.11.2024
Finlandiya va Germaniya o‘rtasidagi suvosti telekommunikatsiya kabeli ishdan chiqdi
23:37 / 02.11.2024