Jahon | 09:04 / 16.02.2017
7654
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chon Nam jasadining yorilishi uning o‘limi sababiga oydinlik kiritmadi

Malayziyada Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam jasadi yorildi, biroq bu uning o‘limi sababini o‘rnatishga yordam bermagan, deb xabar bermoqda Kiodo axborot agentligi. 

Kim Chon Nam Malayziyada to‘satdan vafot etgandi. Shimoliy Koreya uning jasadi yorilishiga e'tiroz bildirgandi.

Manbalarning aytishicha, Shimoliy koreyalik amaldorlar marhumning jasadi ularga Kuala-Lumpurdagi aeroportda topilgandan keyinoq berilishini so‘rashgan, biroq Malayziya bu iltimosni rad etgan. 

Boz ustiga, ayni vaqtda Shimoliy Koreyaga marhumning jasadini umuman berish-bermaslik masalasi ko‘rilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid