Maktab o‘quvchisi ko‘zi ojizlar uchun maxsus do‘ppi yaratdi
Aktaudagi (Qozog‘iston) Nazarboyev nomidagi intellektual maktabning 12-sinf o‘quvchisi Sattigali Jo‘ldasboy ko‘zi ojizlar va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan kishilarga yordam berish maqsadida harakat datchigi o‘rnatilgan do‘ppini yaratdi. "Kazinform"da shu haqida xabar berildi.
Ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo xalqlarining milliy bosh kiyimiga oddiy telefondan olingan vibromotorga signal beruvchi harakat datchigi o‘rnatilgan. Do‘ppidagi sensorlar oldindagi to‘siqlarni ilg‘ay oladi va bu haqida vibratsiya orqali "egasi"ga xabar beradi. Qurilma oddiy avtomatik tizimlar qurilishiga mo‘ljallangan Arduino mikroplita asosida yaratilgan.
Jo‘ldasboy uning ixtirosi ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan kishilarga yengillik yaratishiga umid qilmoqda. Hozir u sinfdoshlari bilan birga xayriya yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Qozog‘istonlik o‘smir o‘z kelajagini aqlli texnologiyalar sohasi bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda. Maktab ma'muriyati Jo‘ldasboyni "istiqbolli o‘quvchi" sifatida ta'riflagan.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024