Aktaudagi (Qozoğiston) Nazarboyev nomidagi intellektual maktabning 12-sinf öquvçisi Sattigali Jöldasboy közi ojizlar va köriş qobiliyati past bölgan kişilarga yordam beriş maqsadida harakat datçigi örnatilgan döppini yaratdi. "Kazinform"da şu haqida xabar berildi.
Ixtiroçining sözlariga köra, Markaziy Osiyo xalqlarining milliy boş kiyimiga oddiy telefondan olingan vibromotorga signal beruvçi harakat datçigi örnatilgan. Döppidagi sensorlar oldindagi tösiqlarni ilğay oladi va bu haqida vibratsiya orqali "egasi"ga xabar beradi. Qurilma oddiy avtomatik tizimlar qurilişiga möljallangan Arduino mikroplita asosida yaratilgan.
Jöldasboy uning ixtirosi közi ojiz va köriş qobiliyati past bölgan kişilarga yengillik yaratişiga umid qilmoqda. Hozir u sinfdoşlari bilan birga xayriya yarmarkasiga tayyorgarlik körmoqda.
Qozoğistonlik ösmir öz kelajagini aqlli texnologiyalar sohasi bilan boğlaşni rejalaştirmoqda. Maktab ma'muriyati Jöldasboyni "istiqbolli öquvçi" sifatida ta'riflagan.



















