Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Kim Chen Namning tanasini Pxenyanga jo‘natishga va'da berdi
Malayziya KXDR rahbari Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Namning tanasini Pxenyanga yetkazishni va'da qildi. Bu haqda Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Homid jurnalistlarga ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Pxenyan Malayziyaga shu borada murojaat qilgan. Ammo jasadni yuborishdan oldin tegishli ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.
14 fevral kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Kim Chen Nam suiqasd qurboniga aylandi. Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, ikki ayol unga zaharlangan igna bilan hujum qilgan. KXDR rahbarining akasi shifoxonaga ketishda jon bergan. Marhumning tanasi yorib ko‘rilgan, ammo hali sud-tibbiy ekspertiza xulosalari oshkor qilinmadi.
Ayni vaqtga kelib, bu qotillik sodir etilishida gumon qilingan ikki ayol hibsga olindi. Avvaliga Vetnam pasportiga ega 28 yoshli ayol ushlandi, u Kim Chen Namni aeroportga olib kelgan taksichi edi. Bugun yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Yana 4 kishi qidiruvda.
Mavzuga oid
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
18:05 / 02.06.2026
Linkolndan Trampgacha: suiqasdga uchragan AQSh prezidentlari
22:35 / 25.05.2026
AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga qarshi yangi suiqasd deb atadi
20:07 / 04.05.2026