Fan-texnika | 08:29 / 17.02.2017
9109
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya sudi Samsung kompaniyasining asl rahbarini hibsga oldi

Seul sudi Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasining rahbari Li Chje Yonni hibsga olishga order berdi. U mamlakatning vaqtincha vazifasidan chetlashtirilgan prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq korrupsiya mojarosiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qiladi Reuters agentligi.

Biroq, mahkama Samsung prezidenti San Jin Pakni hibsga olish bo‘yicha so‘rovni rad etgan. Qayd etilishicha, Chje Yon o‘z ishi bo‘yicha sud qarorini Seuldan 15 km uzoqlikdagi qamoqxonada kutadi. Tergov ishlari 28 fevralgacha tugashi kerak. 

Avvalroq, o‘z vakolatlarini bajarishdan vaqtincha chetlatilgan prezident Pak Kin Xe va uning qohina dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi bo‘yicha maxsus komissiya Samsung kompaniyasining vitse-prezidenti Li Chjye Yonni yana so‘roqqa chaqirishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid