O‘zbekiston | 20:19 / 17.02.2017
7444
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda ShHTga a'zo davlatlar milliy koordinatorlari kengashi majlisi o‘tkazildi

2017 yilning 14-17 fevral kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari uchrashuv davomida Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi va ShHT nizomiy organlarining boshqa tadbirlariga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishdi.

2017 yilga mo‘ljallangan ShHTning Asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Milliy koordinatorlar tashkilot faoliyati kun tartibining joriy masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

MKK majlisida ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov ishtirok etdi.

Mavzuga oid